Kuchga kirgan sana: 19-noyabr 2026
Ushbu siyosat 1som mobil ilovasi («Ilova») foydalanuvchi ma'lumotlari bilan qanday ishlashini tushuntiradi. Ilova egasi: 1som jamoasi. Aloqa: support@1som.uz, Telegram @birsom_support.
Siz kiritgan xarajat, daromad, qarz, hisob, toifa, byudjet, izoh va sozlamalar faqat qurilmangizda (telefon xotirasida) saqlanadi. Biz bu ma'lumotlarni serverga yubormaymiz, ko'rmaymiz va saqlamaymiz. 1som'ning o'z serveri yo'q.
Ilova ro'yxatdan o'tishni talab qilmaydi. Biz ismingiz, telefon raqamingiz, joylashuvingiz, kontaktlaringiz, bank kartangiz rekvizitlari yoki qurilma identifikatorlarini yig'maymiz. Ilovada reklama, analitika va kuzatuv (tracking) vositalari yo'q.
Zaxira nusxa parol bilan shifrlanadi (AES-256). Uni qayerga yuborishni o'zingiz tanlaysiz: o'z Telegram botingiz, Google Drive, iCloud yoki telefon xotirasi. Avtomatik zaxirani yoqsangiz, nusxa siz belgilagan jadval bo'yicha shu manzilga yuboriladi. Excel, CSV, PDF eksport fayllari shifrlanmaydi va faqat siz ulashgan joyga ketadi. Bu xizmatlarda fayllaringiz ularning o'z maxfiylik siyosatlariga ko'ra saqlanadi.
Barcha ma'lumotlarni Sozlamalar → Barcha ma'lumotlarni tozalash orqali yoki ilovani qurilmadan o'chirib butunlay o'chirishingiz mumkin. Ma'lumotlar bizda saqlanmagani uchun ularni tiklay olmaymiz, shuning uchun zaxira nusxa olishni tavsiya qilamiz. Bulutga yuborilgan zaxira nusxalarni o'sha xizmatning o'zida o'chirasiz.
Ilova bolalarga mo'ljallanmagan va 13 yoshgacha bo'lgan bolalardan ataylab ma'lumot yig'maydi.
Siyosat o'zgarsa, yangi versiya shu sahifada e'lon qilinadi va yuqoridagi sana yangilanadi. Agar kelajakda Ilovaga onlayn funksiyalar (masalan, sinxronlash) qo'shilsa, bu siyosat oldindan yangilanadi.
Savollar bo'yicha: support@1som.uz yoki Telegram @birsom_support.
Дата вступления в силу: 19 ноября 2026
Настоящая политика объясняет, как мобильное приложение 1som («Приложение») обращается с данными пользователя. Владелец: команда 1som. Связь: support@1som.uz, Telegram @birsom_support.
Введённые вами расходы, доходы, долги, счета, категории, бюджеты, заметки и настройки хранятся только на вашем устройстве. Мы не передаём эти данные на сервер, не видим и не храним их. Собственного сервера у 1som нет.
Приложение не требует регистрации. Мы не собираем имя, номер телефона, геолокацию, контакты, реквизиты банковских карт или идентификаторы устройства. В Приложении нет рекламы, аналитики и средств отслеживания.
Резервная копия шифруется паролем (AES-256). Куда её отправить, выбираете вы: свой Telegram-бот, Google Drive, iCloud или память телефона. Если включить автокопирование, копия отправляется туда по заданному вами расписанию. Файлы экспорта Excel, CSV, PDF не шифруются и попадают только туда, куда вы их отправите. В этих сервисах файлы хранятся по их собственным правилам.
Все данные можно полностью удалить через Настройки → Удалить все данные или удалив Приложение с устройства. Поскольку мы не храним данные, восстановить их не сможем — рекомендуем делать резервные копии. Копии в облаке удаляются в самом облачном сервисе.
Приложение не предназначено для детей и намеренно не собирает данные детей младше 13 лет.
При изменении политики новая версия публикуется на этой странице с обновлённой датой. Если в будущем появятся онлайн-функции (например, синхронизация), политика будет обновлена заранее.
По вопросам: support@1som.uz или Telegram @birsom_support.